Oziq-ovqat do'koni uchun tez va sodda kassa

Navbat uzayib ketmasin: skanerlash, vazn bo'yicha sotuv, nasiya va kunlik hisobot — bitta dasturda.

Tez kassa

Shtrix-kodni skanerlaysiz, to'lov turini tanlaysiz — chek chiqadi. Kassir uchun ortiqcha tugma yo'q.

Vazn bo'yicha sotuv

Kilo va gramm bilan sotiladigan tovar uchun tarozi yorlig'i. Kassada yorliq shtrix-kodi skanerlanib, vazn o'zi hisoblanadi.

Yaroqlilik muddati

Sut, go'sht, konserva — muddati tugashiga yaqin mahsulotlar oldindan ko'rinadi, ziyon kamayadi.

Nasiya daftari

Doimiy mijozlar qarzi daftarda emas, dasturda: kim qancha qarz, qachon to'ladi.

Do'kon uchun yana nimalar bor

  • Nakladnoyni rasmga olish — kirim avtomatik to'ldiriladi
  • Kunlik savdo, foyda va eng ko'p sotilgan tovarlar hisoboti
  • Kassirlar uchun alohida kirish va cheklangan huquqlar
  • Chekka o'z reklamangiz yoki «Rahmat» matni
  • Internet uzilsa ham sotuv to'xtamaydi, keyin o'zi yuboriladi

Ko'p so'raladigan savollar

Tarozi bilan ishlaydimi?

Ha. Tarozi yorlig'i chiqarasiz, kassada yorliqni skanerlaysiz — tovar va vazn avtomatik hisoblanadi.

Kassada internet bo'lmasa nima bo'ladi?

Sotuvlar qurilmada saqlanadi va internet qaytganda o'zi yuboriladi. Sotuv to'xtamaydi.

Telefondan ham ishlatsa bo'ladimi?

Ha. Brauzerda ochiladi, telefonga ilova kabi o'rnatiladi. Egasi hisobotni uyidan ko'ra oladi.

Bugun sinab ko'ring

Raqamingizni qoldiring — biz qo'ng'iroq qilib, do'koningizga mos yechimni ko'rsatamiz. Yoki o'zingiz yozing.

+998 50 571 65 15Qo'ng'iroq qiling @aero_oneTelegram'da yozing

Ariza qoldiring

Raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.