Telefon do'koni uchun kassa va ombor dasturi

Har bir telefon IMEI bilan hisobda turadi, yorlig'i chiroyli chiqadi, narx dollarda — sotuv so'mda. Nasiyaga berilgan telefonlarni ham yo'qotmaysiz.

IMEI bo'yicha hisob va qidiruv

Sotuvda va nasiyada IMEI yoziladi. Kimga qaysi telefon sotilganini IMEI yoki mijoz ismi bo'yicha bir zumda topasiz.

Telefon uchun maxsus yorliq

Yorliqda telefon nomi, IMEI'ning oxirgi 4 raqami, batareya foizi va «yangi / ishlatilgan» belgisi bor. 30×20 mm'lik oddiy yorliq printerida chiqadi.

Narx dollarda, sotuv so'mda

Tovar narxini dollarda kiriting, kursni bir marta o'zgartirsangiz hamma narx yangilanadi. Chekda — so'm.

Nasiya va muddatli to'lov

Mijoz, 1–12 oylik shartnoma, oylik to'lov va qarz eslatmasi. Kim qancha qarzdorligi doim ko'z oldingizda.

Telefon do'koni uchun yana nimalar bor

  • Aksessuarlar (qopqoq, zaryadlovchi, quloqchin) shtrix-kod bilan tez sotiladi
  • Nakladnoyni rasmga olasiz — AI tovarlarni o'qib, kirimni o'zi to'ldiradi
  • Chekka o'zingizning reklamangiz va kafolat matnini qo'shasiz
  • Bir nechta filial va kassir uchun alohida kirish huquqlari
  • Internet uzilsa ham sotuv to'xtamaydi

Ko'p so'raladigan savollar

Yorliq qaysi printerda chiqadi?

Oddiy termal yorliq printerida (masalan, Xprinter XP-365B), 30×20 mm yorliqda. Yorliq o'lchami sozlanadi.

Eski ishlatilgan telefonlarni ham yuritsa bo'ladimi?

Ha. Har bir telefon alohida IMEI bilan, «yangi» yoki «ishlatilgan» holati va batareya foizi bilan kiritiladi.

Dasturni sinab ko'rish uchun to'lov kerakmi?

Yo'q. Raqamingizni qoldiring — biz demo ko'rsatamiz va do'koningizga mos tarifni aytamiz.

Bugun sinab ko'ring

Raqamingizni qoldiring — biz qo'ng'iroq qilib, do'koningizga mos yechimni ko'rsatamiz. Yoki o'zingiz yozing.

+998 50 571 65 15Qo'ng'iroq qiling @aero_oneTelegram'da yozing

Ariza qoldiring

Raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.