Do'koningiz uchun kassa, ombor va hisobot — bitta dasturda

Telefonda ham, kompyuterda ham. Internet uzilsa ham sotuv to'xtamaydi. Farg'ona vodiysidan Moskvagacha do'konlar ishlatadi.

Internetsiz ham ishlaydi

Sotuvlar qurilmada saqlanadi va internet qaytganda o'zi yuboriladi.

Telefon va kompyuterda

Brauzer orqali ochiladi, telefonga oddiy ilova kabi o'rnatiladi. Windows ilovasi ham bor.

Har 15 daqiqada zaxira

Ma'lumotlaringiz avtomatik saqlanadi, shifrlangan nusxa tashqi omborda turadi.

Mijozlarimiz

Vodiydan Moskvagacha — hammasi bitta tizimda

Farg'ona vodiysidagi 8 ta do'kon va Rossiyadagi mijoz Smart Kassa bilan ishlaydi.

Farg'ona vodiysi8 ta do'kon
MoskvaRossiya

Farg'ona vodiysi8

15daqiqada bir avtomatik zaxira nusxa
5xil to'lov: naqd, terminal, QR, o'tkazma, nasiya
12oygacha muddatli to'lov
58/80mm chek printerlari bilan ishlaydi
Nega Smart Kassa

Do'kon yuritish qiyin bo'lmasligi kerak

Daftar va Excel bilan

  • Sotuv va qoldiq qo'lda yoziladi
  • Kamomad oy oxirida bilinadi
  • Do'konda bo'lmasangiz nima bo'layotganini bilmaysiz
  • Qarzlar va to'lov kunlari esdan chiqadi

Smart Kassa bilan

  • Har sotuv, qoldiq va qarz o'zi yoziladi
  • Kassa farqi va chegirma darrov ko'rinadi
  • Telefondan hamma do'konni ko'rasiz
  • Nasiya eslatmasi va AI maslahat tayyor
Imkoniyatlar

Do'kon uchun kerak hamma narsa — bir joyda

Kassadan tortib hisobotgacha. Ortiqcha dastur va qo'lda ish yo'q.

Tez kassa

Skaner yoki telefon kamerasi bilan shtrix-kod, chek printeri, naqd, terminal, QR va o'tkazma.

Ombor nazorati

Kirim, ko'chirish, inventarizatsiya, kam qolgan va muddati o'tayotgan tovar ogohlantirishi.

Nakladnoyni suratga oling

AI tovar, son va narxni o'qib, kirimni tayyorlaydi. Siz tasdiqlaysiz.

Nasiya va bo'lib to'lash

Mijoz qarzi, kredit limiti, 1–12 oyga muddatli to'lov va eslatma.

Hisobotlar

Kunlik savdo, foyda, eng ko'p sotiladigan tovarlar, yetkazib beruvchilar aylanmasi. Excel va PDF.

AI tahlilchi

«Qaysi tovar tez tugayapti?» — oddiy so'z bilan so'rang, javobni haqiqiy ma'lumotdan oling.

Chekni o'zingiz yarating

Logo, reklama, QR va shtrix-kodni bloklardan yig'asiz. 58 va 80 mm.

Yorliq va tarozi

Shtrix-kodli yorliq chop etish, yorliqli tarozi bilan ishlash.

Bir nechta filial

Har filialning qoldig'i va kassasi alohida, hisobot umumiy.

Xodimlar nazorati

Buxgalter va kassir rollari, chegirmaga ruxsat, smena yopish va kassa kamomadi.

Oflayn ishlaydi

Internet uzilsa ham sotuv davom etadi, qaytganda o'zi yuboriladi.

Xavfsizlik

Har do'konga alohida baza, shifrlangan zaxira va har bir xodimga alohida ruxsat.

Telefon do'konlari uchun

Har bir telefon — o'z kartochkasi bilan

  • IMEI, xotira, rang, holati (yangi yoki B/U) va batareya foizi saqlanadi
  • Maxsus yorliq: model, holati, batareya, IMEI oxirgi 4 raqami, narx va shtrix-kod — 30×20 mm da ham
  • Muddatli nasiya: shartnoma, oylik to'lov jadvali va eslatma
  • Tan narx har doim yoziladi — B/U telefonda foyda aniq hisoblanadi
Apple iPhone 13 128GB Black
B/UBatareya 87%
IMEI 3809
4 500 000 so'm
Namuna yorliq, 30×20 mm
Qaysi tovar tez tugayapti?
Coca-Cola 1.5 l — 30 kunda 16 dona sotilgan, hozir 1 dona qoldi. Taxminan 2 kunda tugaydi. 24 dona buyurtma qilishni tavsiya qilaman. AI maslahat
Nakladnoy rasmini yubordim
→
  • 1. Non (patir) — 50 × 4 500
  • 2. Qand 1 kg — 20 × 11 000
  • Kirim tayyor ✓
AI yordamchi

Raqamlarga savol bering, javobni darrov oling

  • Oddiy so'z bilan so'raysiz — AI do'koningizning haqiqiy ma'lumotlaridan javob beradi
  • Tez tugayotgan, sotilmayotgan tovar va qarzdorlar haqida tavsiya
  • Nakladnoy rasmini yuborasiz — kirim o'zi tayyor bo'ladi, siz faqat tasdiqlaysiz
Qanday boshlanadi

3 qadamda ishga tushasiz

1

Ariza qoldiring

Telefon raqamingizni qoldiring yoki qo'ng'iroq qiling. Do'koningiz turini va kerakli narsalarni so'raymiz.

2

Do'koningizni ochamiz

Alohida sahifa, tovarlar va xodimlar tayyorlanadi. Eski ro'yxatingiz Excel'da bo'lsa — ko'chirib beramiz.

3

Sotishni boshlang

Telefon yoki kompyuterdan kirasiz, printerni ulaysiz. Sozlashda masofadan yordam beramiz.

Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Internet uzilsa nima bo'ladi?

Sotuv to'xtamaydi: kassa oflayn rejimda ishlaydi, sotuvlar qurilmada saqlanadi va internet qaytganda o'zi yuboriladi.

Qaysi printer va skaner mos keladi?

58 va 80 mm termal chek printerlari (Xprinter va boshqalar), shtrix-kod yorlig'i printerlari, USB skanerlar va telefon kamerasi. Ulanishda yordam beramiz.

Telefonda ishlaydimi?

Ha. Brauzer orqali ochiladi va telefonga oddiy ilova kabi o'rnatiladi (iPhone va Android). Kompyuter uchun Windows ilovasi ham bor.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Har do'konning bazasi alohida. Har 15 daqiqada avtomatik zaxira olinadi va shifrlangan nusxa tashqi omborda saqlanadi. Kassir faqat o'ziga ruxsat berilganini ko'radi.

Eski dasturdan o'tish mumkinmi?

Ha. Tovar va mijozlar ro'yxatini Excel orqali yuklaymiz. Qoldiqlar ham o'tkaziladi.

Bir nechta filial bilan ishlaydimi?

Ha. Har filialning qoldig'i, kassasi va xodimlari alohida, hisobotlarni esa umumiy yoki filial bo'yicha ko'rasiz.

Narxi qancha?

Narx do'koningiz hajmiga qarab belgilanadi. Oylik yoki yillik obuna, uzoq muddatli shartnomada qulay narx. Aniq narx uchun qo'ng'iroq qiling yoki ariza qoldiring.

Bugun sinab ko'ring

Raqamingizni qoldiring — biz qo'ng'iroq qilib, do'koningizga mos yechimni ko'rsatamiz. Yoki o'zingiz yozing.

+998 50 571 65 15Qo'ng'iroq qiling @aero_oneTelegram'da yozing

Ariza qoldiring

Raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.